2040 yilga kelib eng katta suv tanqisligi qayerda bo‘ladi?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra: “Agar hudud qayta tiklanadigan chuchuk suv resurslarining 25 foizi yoki undan ko‘prog‘ini ishlatib yuborsa, mazkur holat “suv tanqisligi” deb hisoblanadi. 2018 yilda dunyo barcha qayta tiklanadigan chuchuk suv resurslarining atigi 18,4 foizini ishlatdi.

Biroq, mintaqaviy darajada jiddiy muammolar paydo bo‘ladigan yangi joylar paydo bo‘lib bormoqda.

Shimoliy Afrikada suv taʼsirining kritik darajasi mavjud, Markaziy va Janubiy Osiyoda esa yuqori darajadagi suv stressi paydo bo‘lmoqda.

Boshqa tomondan, dunyo aholisining 31 foizi stressdan xoli bo‘lgan.

Shu bilan birga, Jahon Resurslar Institutining 2040 yilga mo‘ljallangan prognozlari shuni ko‘rsatadiki, muammo yana-da kengroq bo‘ladi.

Afsuski, Markaziy Osiyoning barcha hududlarining ko‘rsatkichlari eng kritik darajada turibdi.