Qozog‘istonda suv tanqisligi boshlandi

Qo‘shni respublikani qo‘shimcha suv miqdori bilan taʼminlashga yordamga biznikilar, Tojikiston va Qirg‘iziston yordamga keldi. Yordamning evaziga elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari va qishloq xo‘jaligi texnikasi beriladi.

Tojikiston tezkorlik bilan Bahri-Tojik suv omboridan (Qayroqqum suv ombori) transchegaraviy Do‘stlik kanalining Qozog‘iston qismiga suv yetkazib berishni ko‘paytirdi.

Qozog‘istonda 2040 yilga kelib suv tanqisligi 50 foizga yetishi mumkin. Tojikistondan suv “qo‘shish” to‘g‘risida qaror yaqinda qabul qilingan. Buning evaziga Qozog‘iston respublikaga uskunalar va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib beradi.

Shunday qilib, 370 million kubometr suv o‘rniga  Qirg‘izistonga 370 million  O‘zbekistonga 250 million kVt/s elektr energiyasi beriladi.

Biroq, Qozog‘istonga yordam ko‘rsatayotgan, Qirg‘izistonning o‘zida suv yetarli emas. Shu sababli u yerda dehqonlar noroziligini va ularni mitinglarni o‘tkazishiga olib keldi.

6 avgust kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida suv muammosi markaziy masalalardan biriga aylanishi aniq.