Yodingizdami?

2021 yilning 6 yanvarida AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylovlarini bekor qilishga urinishlarini qo‘llab-quvvatlagan ko‘plab namoyishchilar AQSH Kapitoliysiga ruxsatsiz kirishgan edi.

Namoyishchilar xavfsizlik xizmatini yorib o‘tib, binoniga zarar yetkazishgan hamda u yerni bir necha soat davomida egallab olishgan edi. O‘sha vaqtda yetakchi ommaviy axborot vositalari va siyosatchilarning bayonotlariga ko‘ra, tartibsizliklar Trampning ijtimoiy tarmoqlar orqali aytgan izohlari sabab bo‘lgan deyilgan edi. Hujum Kapitoliy binosining evakuatsiya qilinishi va yopilishiga olib kelgan va Kongressning saylovchilar ovozlarini sanash va Jo Baydenning saylovdagi g‘alabasini rasmiylashtirish uchun yig‘ilgan qo‘shma majlisini to‘xtatdi.

Ana o‘sha namoyishchilar timsoliga aylangan va OAVda tashqi ko‘rinishi tufayli “shaman” laqabini olgan Kapitoliyga bostirib kirish ishtirokchisi AQSHda 3 yilu 5 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.