AQSh va Xitoy kuchlari nimada?

AQSh bilan Xitoy aloqalarida AQShda nihoyatda katta kuch bor, lekin AQShning ichki siyosati bu kuchni ishlatishga imkon bermayapti.

Bu kuch – immigratsiya. Pandemiyadan oldin, AQShga Xitoydan sal kam 150 ming odam ko‘chib kelar edi. Bu absolyut darajada katta ko‘rinishi mumkin, lekin baribir kam, agar AQSh o‘nlab million Xitoyliklarni qabul qilish va immigratsion vizalar berishni yo‘lga qo‘ysa, tashqi siyosiy va harbiy aloqalarda ham ancha kuchliroq pozitsiyalardan gapira olar edi. Shubhasiz bu iqtisodiyotga va jamiyatga ham katta foyda bolar edi. Yuqori malakali immigratsiya ham, malakasi yuqori bo‘lmagan odamlarni migratsiyasi ham, juda muhim masala.

Xitoyda bunday kuch yo‘q, AQShliklar Xitoyga ko‘chgisi kelmaydi, lekin AQShda ishlayotgan Xitoyliklarni immigrant viza olish jarayoni uzoqligi 8 yildan oshdi. Bu narsalarni hal qilish, menimcha, AQSHning milliy xavfsizlik darajasidagi savolga aylanib ulgurgan. Ko‘ramiz qanday bo‘lar ekan.

Nima bo‘lsa ham, ishqilib urush bo‘lmasin.