SINOPSISLAR TANLOVI EʼLON QILINDI: MUKOFOT $2000!

Janubiy Koreyaning VISIONMASTER kompaniyasi va O‘zbekistondagi “Biz-TV” onlayn teleradiokanali yosh va professional ssenariy mualliflari o‘rtasida ko‘p qismli televizion serial g‘oyasi uchun tanlov eʼlon qilganini maʼlum qildi.

Unda har ikki davlatning 1500 yillik hamkorligi, Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan O‘zbekiston va u orqali tashqi dunyo bilan aloqani rivojlantirgan Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy muloqot aks ettirilishi hamda zamonlar almashinuvi, ikki davlat vakillari o‘rtasidagi muhabbatni ko‘rsatishi talab etiladi.

Tanlovga hujjatlar 2021 yilning 1 dekabridan 27 dekabriga qadar qabul qilinadi. G‘olib 2022 yilning 31 yanvariga qadar aniqlanadi va 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritadi (Sinopsis учун $2000! 🔥 Yutib olishga shoshiling! – YouTube).