Sharqiy Turkmanistondagi yangi konda ishlab chiqarilgan gaz Xitoyga yuboriladi

Turkmaniston sharqidagi Lebap viloyatida “Agarguyi” gaz konida ikkita quduq ishga tushirildi.

Hozirda “Agarguy” konidan Turkmaniston-Xitoy transmilliy gaz quvuriga kuniga 300 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz yuborilmoqda, deyiladi xabarda.

2021 yil oxiriga qadar chuqurligi 3300 metr bo‘lgan yana bitta quduqda burg‘ulash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.