Tuyalar ham botoks ukollaridan “bahramand” bo‘ldi

Al-Jazira tomonidan tayyorlangan xabarda maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistoni hukumati tuya go‘zalligi tanlovi ishtirokchilariga nisbatan taqiqlar qo‘llagan.

Gap shundaki, tuyalarni go‘zallik tanlovi uchun tayyorlayotganlarida, jonivorlarni yana-da jozibali qilish uchun 40 ta tuyaga botoks ukollari va boshqa aralashuvlar orqali amalga oshirgan harakatlari tufayli hakamlar baʼzi ishtirokchilarni diskvalifikatsiya qilgan.