BMT: arab dunyosi aholisining uchdan bir qismi to‘yib ovqatlanmaydi

Arab dunyosidagi 420 million kishining uchdan bir qismi to‘g‘ri ovqatlanishdan mahrum bo‘lib, jami so‘nggi 20 yil ichida arab mamlakatlarida ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 91,1 foizga oshgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotida maʼlum qilingan.

Ochlikning asosiy sabablari orasida qurolli to‘qnashuvlar, cho‘zilgan iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy bosimlar va “boshqa to‘ntarishlar” kabilar ko‘rsatilgan.

“O‘tgan yili mintaqa aholisining qariyb uchdan bir qismi – 141 million kishi, bu avvalgi yilgidan 10 million kishiga ko‘p – o‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat taʼminoti yetishmasligiga duchor bo‘gan”, – deyiladi hisobotda.

Hujjatga ko‘ra, mojarolardan jabr ko‘rgan Yaman va Somalida ko‘pchilik odamlar to‘yib ovqatlanmaydi.

“Avvalgidek, mojarolar mintaqada ocharchilikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda, mojarolar sodir bo‘lgan mamlakatlar va hududlarda qariyb 53,4 million kishi och qolmoqda, bu mojarolardan xoli mamlakatlardagiga qaraganda olti barobar ko‘pdir”, – dedi FAO o‘rinbosari, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy vakili Bosh direktor Abdel Hakim Al-Vaer.

Joriy yilning oxiriga qadar, uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy o‘zgarishlarni kutmaslik kerak, chunki “ochlikning tarqalishiga yordam beradigan asosiy omillar vaziyatni yomonlashtirish uchun ishlashda davom etmoqda”.

Avvalroq internet nashrlari 2021 yilning birinchi yarmida qochqinlarga yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashtirilgan “Zakot” jamg‘armasi orqali 12 shtatdagi 584 586 nafar qochqin va ichki ko‘chirilgan musulmonlarning xayriya jamg‘armalaridan yordam olgani haqida maʼlum qilgan edi. Yordamning umumiy miqdori 27,5 million dollarni tashkil etgan.