Oq uy va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Rossiya bilan rejalashtirilgan muzokaralar sanasini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, 10 yanvar kuni AQSh va Rossiya qurol-yarog‘ nazorati va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
12 yanvar kuni Rossiya-NATO uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
13 yanvar kuni esa Rossiya YEXHT mintaqaviy xavfsizlik organi vakillari bilan uchrashadi. Mazkur tashkilotga Amerika Qo‘shma Shtatlari ham aʼzo hisoblanadi.