Mazkur qonun uzoq davom etgan munozaralardan so‘ng Kongress tomonidan qabul qilindi.
Qonun mamlakatning mudofaa ehtiyojlariga 768,2 milliard dollar miqdorida mablag‘ sarflashni nazarda tutadi, shundan 740 milliard dollari Mudofaa vazirligiga (Pentagon), 27,8 milliard dollari Energetika vazirligiga milliy sohadagi dasturlar uchun ajratiladi, xavfsizlik va boshqa ehtiyojlar uchun esa 0,4 mlrd.
Qonunga Nyu-Jersi shtatidan senator va Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbari, arman va yunon lobbilariga yaqinligi bilan tanilgan Bob Menendez tomonidan Turkiyadagi uchuvchisiz uchish apparatlari dasturini yaqindan kuzatish, shuningdek, Ozarbayjonga harbiy yordamni taqiqlovchi kabi o‘zgartishlar kiritilgan …
Qonun, shuningdek, AQSh Suriyada hamkorlik qilayotgan Suriya Demokratik Kuchlari tashkilotini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni nazarda tutadi.