Qozog‘iston hukumati inflyatsiyani jilovlash uchun ichki tabiiy gaz narxini o‘tgan yilning dekabr oyidagi darajasida 2024 yilning 1 yanvarigacha muzlatib qo‘ymoqchi, dedi hukumat yig‘ilishida Bosh vazir A.Smailov.
Qozog‘iston hukumati yanvar boshidagi keng ko‘lamli norozilik namoyishlaridan so‘ng yoqilg‘i bozorini barqarorlashtirish yo‘llarini qidirmoqda.
“Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yo‘nalishida hukumat asosiy eʼtiborni inflyatsiyani nazorat qilish, tarif siyosatini takomillashtirish, moliyaviy intizom va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratadi…”, – dedi Smoilov.
Qozog‘istonda yillik inflyatsiya 2020 yildagi 7,5 foizdan 2021 yilda 8,4 foizga tezlashgan.