Ilon Maskdan marketing va PR darslar

Bilarmidingiz? Tesla reklama uchun pul sarflamaydi, chunki uning bosh direktori Ilon Maskning harakatlari brendni har qanday reklama kampaniyasidan ko‘ra yaxshiroq targ‘ib qiladi. Biz siz eʼtiborga olishingiz mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni to‘pladik.

Global muammoni o‘z manfaatingizga bog‘lang

Ilon Mask atrof-muhitga bo‘lgan g‘amxo‘rlikni mohirlik bilan namoyish etadi va sanoat va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun uglerod solig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning taʼkidlashicha, bu issiqxona effektining shakllanishiga olib keladigan karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishning eng yaxshi usuli. Ammo shu bilan birga soliqning joriy etilishi Тесла uchun foydali bo‘ldi, chunki quyosh energiyasi tizimlari va elektromobillarni yana-da raqobatbardosh qildi.

Kompaniyangizning PR menejeri bo‘ling

Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tez tarqaladi va Mask buni biladi. To‘g‘ri, u PR uchun bitta platformani tanladi: 2018 yilda u Instagram akkaunti hamda SpaceX va Teslaning Facebookdagi sahifalarini o‘chirib tashladi, faqat Twitterdagi shaxsiy sahifasini qoldirdi. 2020 yilda esa milliarder Tesla kompaniyasining PR bo‘limini butunlay ishdan bo‘shatgani maʼlum bo‘ldi. Endilikda bosh direktorning shaxsiy Twitter sahifasi Teslaning rejalari haqidagi yangiliklarning yagona manbai hisoblanadi.