Dmitriy Medvedev Rossiya migratsiya siyosatini boshqarishi maʼlum qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashida migratsiya siyosati bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi.

Komissiya “migratsiya sohasida milliy xavfsizlikni taʼminlash va migratsiya jarayonlarini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish” vazifalarini bajarish maqsadida tashkil etilgan.

Komissiya zimmasiga mamlakatdagi migratsion holatni tahlil qilish, ushbu sohada milliy xavfsizlikka ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va boshqa vazifalar yuklangan.

Komissiyaga Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rahbarlik qiladi.