Pokiston o‘z harbiy bazalarini Afg‘oniston shimolida joylashtirishi mumkin

Bunday prognozni Afg‘oniston Tolibonga qarshi Milliy qarshilik fronti (ATQMF)ning ayrim vakillari bildirgan.

Ularning prognozlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Badaxshon, Taxar va bir qator boshqa viloyatlarida Pokiston bazalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad Afg‘oniston shimolini nazorat qilish va Afg‘onistonda Tolibon va Pokiston ekspansiyasiga qarshi qurolli qarshilikni kuchaytirishga urinishlarning oldini olishdir.

ATQMF vakillarining fikricha, shundan кейин Pokistonning Afg‘onistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq harbiy tajovuzi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Islomobod afg‘on toliblari roziligi bilan bevosita Markaziy Osiyoning postsovet respublikalari bilan chegarada o‘z harbiy infratuzilmasini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.