Rossiya va Qozog‘iston Xitoyga neft tranzitini oshiradi

“Interfaks” nashrining maʼlum qilishicha, Rossiya va Qozog‘iston respublika hududi orqali Xitoyga neft tranzitini oshirish masalasi bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar, dedi Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak jurnalistlarga bergan intervyusida.

Uning taʼkidlashicha, neftni Rossiyadan Xitoyga Qozog‘iston orqali tranzit qilish bo‘yicha avvalgi shartnoma uzaytirilgan.