Qayta tasavvur qilaylik

Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov: Hozir deyarli har birimizni ongimizda jahonda sodir bo‘layotgan voqealar mohiyati, xususan, Ukrainadagi urush bilan bog‘liq vaziyatni tushunish uchun shiddatli kurash ketmoqda.

Biz ilgari nimadir noto‘g‘ri ketayotganiga shubha qilganmiz, chunki 30 yil o‘tib ketdi, lekin rivojlanish surʼatlarida hech qanday o‘zgarishlarni sezmayapmiz, eng muhimi, buni rivojlanish vektorida sezmayapmiz. Biz bunga mamlakatning iqtisodiy izolyatsiyasi, siyosiy erkinliklar yo‘qligi, so‘z erkinligini taʼqib qilinishini sabab  qildik.

5 yil oldin bizda umid paydo bo‘ldi. Mana endi biz Strategiyani belgilab, o‘zimizga zaif tomonlarimizni ko‘rsatib, iqtisodiyotni, siyosiy tizimni, so‘z erkinligini tizimli ravishda, bosqichma-bosqich rivojlantiramiz, degan xayol paydo bo‘ldi.

Birinchisi, har qanday milliy iqtisodiyotning rivojlanish ustunlari bo‘lgan kichik va o‘rta biznesni rad etish, oqibatda markazlashtirilgan investitsiya kiritishga juda bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy modelni yaratishga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida tashqi qarz olish va investitsiya loyihalarini salbiy tanlashga bog‘liq (qanchalik qimmat bo‘lsa, shuncha yaxshi va natija qachondir keladi).

Ikkinchidan, biz siyosiy islohotlarni deyarli boshlamadik.

Masalaning cho‘qqisi shuki, o‘tgan prezidentlik saylovlariga qaramay, yangi hukumat saylanmagan. Biz hammamiz “yaxshi ishlayotgan narsani o‘zgartirmasligimiz kerak” degan fikrga qo‘shilganimizdek.

So‘z erkinligi, ehtimol, biz haqiqatan ham oldinga qadam tashlagan yagona yo‘nalishdir. Lekin, hamma joyda ham emas. Har doim emas. Unchalik aniq emas. Ortga qaytib bo‘lmaydigan darajada emas. Hammasi juda nozik.

Shunga qaramay, katta rivojlanishlar bor.

Nega?

Biz islohotlarni siljitdik.

So‘z erkinligi uchun islohotlar haqida gapirish erkinligi esa bizning eng katta va muhim yutug‘imizdir.

Biz oldingi qarorlar ijrosini taʼminlash uchun yangi qarorlar qabul qilamiz. Lekin, oldingi qarorlar undan oldin chiqarilgan qarorlar bajarilmaganligi uchun ishlamayaptiku.

Bu haqda cheksiz gapiramiz. Shafqatsizlarcha tanqid qilamiz, faktlar keltiramiz, bir-birimiz bilan bahslashamiz.

Baʼzan siz o‘ylay boshlaysiz: bu haqiqiy so‘z erkinligimi yoki unga taqlidmi?

Ammo, biz, umuman erkinlik ko‘rmagan odamlar shunga ham xursandmiz.

Erkin fikr almashish baribir yolg‘onni sezish va asta-sekin bu narsalarni qayta ko‘rib chiqishda ajoyib natijalarni bera boshladi. Biz sekin eski fikrlashdan uzoqlashyapmiz (aqliy jihatdan) yoki buni og‘riqli bo‘lsa ham xohlamasligimizni sekin anglay boshladik.

Biz tushuna boshlagan asosiy narsa shuki, bizga 500-1000 oila baxtli yashaydigan, lekin har kuni 12 million oila zo‘rg‘a qiynalib kun kechiradigan jamiyat kerak emas.

Bunga qanday yetib keldik? Bu haqda keyingi postda.