AQShda harbiy qo‘shinlar yetishmayotgani aytilmoqda

Jurnalist Tomas Shpor The Washington Examiner nashrida “AQSHda harbiy qo‘shinlar yetishmayotgani hamda yoshlar mamlakat qurolli kuchlariga qo‘shilishni xohlamayotgani” haqida yozmoqda.

Muallifning maʼlum qilishicha, Amerika armiyasi 1973 yildan boshlab ixtiyoriy ravishda askar olishni boshlagan. O‘shandan beri harbiylarni yollash bilan bog‘liq qiyinchiliklar faqat 1999, 2005 va 2018 yillarda paydo bo‘lgan.

Pentagon 2022 yil shartnomaviy harbiy qo‘shinlar yig‘ish bo‘yicha tarixdagi eng og‘ir yil bo‘lishidan xavotirda. Shporning so‘zlariga ko‘ra, qurolli kuchlar 12 ming askarga qisqartirilgan, chunki ular xizmat qilishdan bosh tortganliklari sababli kerakli miqdordagi askarlarni topa olmaganlar. AQSH Harbiy-havo kuchlari xodimlarining yetishmasligi qiyinchilik bilan to‘ldirildi. Dengiz piyodalari ham xuddi shunday vaziyatga duch kelgan.

Shporning taxminiga ko‘ra, bu holat 2021 yilda Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlari olib chiqilishi bilan bog‘liq. Ushbu voqeadan keyin AQSH aholisining armiyaga bo‘lgan ishonchi sezilarli darajada kamaygan.