Neftga bo‘lgan ehtiyoj yana-da oshib bormoqda

Dunyohamjamiyati mana endi rivojlanib ketamiz barcha yashil texnologiyalar, yashil iqtisodga o‘tamiz deb bong urgani bilan baribir dunyo bo‘yicha neft, gaz va ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. (ko‘mir haqida alohida mana bu yerda tanishib olish mumkin).

Maʼlumki, Yevropada hukumatga kelganlar lobbisi bu yashil iqtisodga o‘tish harakatlariga qaratilgan. Biroq, bu harakatlar hozircha samara berayotgani yo‘q. Ular tomonidan taklif etilayotgan texnikalar va talablarni boshqa davlatlar qabul ham qilayotgani yo‘q. Aslida o‘zlarida ham maʼlumotlarga qaraganda tizim 30 foiz ham to‘liq joriy etilmagan.

Saudi Aramco Apple kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi eng daromadli kompaniyaga aylandi.

Forbes Global 2000 hisobotiga ko‘ra Saudi Aramco yana 2021 yilda dunyodagi eng daromadli korporatsiya bo‘ldi. Bunga pandemiyadan keyin neft narxining tiklanishi yordam berdi deb yozmoqda ProFinance.