Kriptovalyutalarga bo‘lgan qiziqish ortmoqda

Oxirgi yillarda kriptovalyutalarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Dunyoga mashxur statista.com kripto iqtisodiyotning evolyutsiyasini tahlil qildi.

Ko‘rish mumkinki 2014 yilda kripto valyutalar soni bir necha yuztani tashkil qilgan bo‘lib, hozirda ularning soni 20 000 taga yaqinlashib qolgan. Bitcoin 2014 yilda bozor ulushining 79%ini egallagan bo‘lsa boshqa kriptovalyutalarning ko‘payishi hisobiga 2022 yilda uning ulushi 43% ga tushgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida kriptoaktivlarning kapitallashuvi rekord darajaga yetib deyarli 3 trillion dollarga yetdi. Biroq joriy yil may oyiga kelib kapitallashuv darajasi deyarli 50%ga kamayib ketti va 1,3 trillion.dollarga tushdi. Ko‘plab investorlar kripto valyutalarga tez tebranuvchi va yuqori riskli aktivlar sifatida qarashadi.