Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan taklif va mulohazalar olim va mutaxassislar muhokamasida

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aks etgan ezgu maqsadlar, umidbaxsh intilishlar shunga mos konstitutsiyaviy-huquqiy makon yaratilishini taqozo etmoqda.

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tashkil etilgan meningkonstitutsiam.uz maxsus platformaga fuqarolar va turli jamoat tashkilotlaridan yuzlab amaliy takliflar kelib tushishini kuzatib turibmiz.

“Fikrimizcha, Asosiy qonunda insonning maoshi nafaqat o‘zi, balki uning oilasiga ham yetishi; davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ishga joylashtirish bo‘yicha kafolat berishi; davlat kambag‘allikni tugatish uchun o‘zining barcha imkoniyatlaridan foydalanishi lozimligi masalasi aks etilishi maqsadga muvofiq. Zero, so‘ngi yillarda mazkur masalalar davlat siyosatinining diqqqat markazida turibdi” – deb xabar berlgan “Olimlar minbari” telegram kanalida.

Konstitutsiyaviy komissiya o‘z faoliyatini qonun loyihasi ishlab chiqilgunigacha davom ettiradi.