Qozog‘iston 2022 yil birinchi chorakda Markaziy Osiyo va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari orasida ish haqining o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Belarus va Rossiya egalladi. Buni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi maʼlumotlari tasdiqlamoqda.
Ularga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Qozog‘istonda o‘rtacha oylik ish haqi 23,7 foizga (285 433 tenge yoki 627 dollargacha) oshgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Belarus (17,1 foizga o‘sish, 1554 Belarus rubli (yoki 551 AQSH dollari)) va Rossiya (15 foizga o‘sib, 60 101 rubl yoki 709 dollar) egalladi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari reytingida ish haqining eng ko‘p oshgani Qirg‘iziston (11,4 foizga, 20 943 so‘m yoki 234 dollargacha) va Armanistonda (9,6 foizga, 212 767 dram yoki $437dollargacha) kuzatilgan.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda ish haqining o‘sishi 19,1 foizni tashkil etdi – 3,426 million so‘m yoki 305 dollar). Aziya-Plyus nashrining mamlakat statistika agentligiga tayanib xabar berishicha, Tojikistonda o‘rtacha oylik ish haqi 13,7 foizga oshib, 1747 somoniy yoki 155 dollarni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, mamlakatlar reytingida o‘rtacha oylik (“sof” – soliqlar to‘langanidan keyin) ish haqi miqdori bo‘yicha Qozog‘iston 104 mamlakat ichida 77-o‘rinni egalladi va uning miqdori bor-yo‘g‘i 415,69 dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Numbeo. Eng yuqori ish haqi Shveysariya, Singapur va Avstraliyada, eng pasti esa Shri-Lankada qayd etilgan.
O‘zbekiston bu reytingdagi 104 mamlakat ichida faxrli 94 o‘rinda.