Agrotransformatsiya Buxoroda

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi va “Yosh fermerlar kengashi” NNT hamkorligida o‘tkazilayotgan loyiha doirasida soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilinmoqda. Kecha Navoi viloyati yoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan “AgroTransformatsiya” jamoasi bugun navbatdagi manzi Buxoro viloyatiga yetib keldilar.

Ko‘pchilik yoshlarni qiziqtirgan loyiha maqsadi Mahalla, tuman va shahar yoshlari va agrar sohasidagi professionallar o‘rtasida ko‘prik yaratish bo‘lib, ularga qishloq xo‘jaligining zamonaviy bilimlarini yetkazish. Eslatib o‘tamiz, loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

Buxorolik yoshlar Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz?

Unda biznes g‘oyangizni hozirlab, seminar-treninglarda qatnashing!