Fermerlik sohasiga qiziquvchi Andijonlik yoshlarimiz uchun ajoyib yangilik!
Avval xabar berganimizdek, yosh fermerlar faoliyatini va ularning qishloq xo‘jaligidagi rolini oshirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Agrotransformatsiya” loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.
Loyiha maqsadi respublikaning barcha tumanlaridagi yoshlar bilan agrar sohasidagi professionallar uchrashuvlarini tashkil etish, ularga qishloq xo‘jaligining zamonaviy bilimlarini yetkazish.

Loyihaning navbatagi manzili Andijon viloyati. Andijonlik fermer yoshlar Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz?
Unda biznes g‘oyangizni hozirlab, seminar-treninglarda qatnashing!