Agro Transformatsiya Samarqandda davom etdi

19-dan 23-dekabrga qadar Samarqand viloyati yoshlari agrar sohadagi ekspertlar boshchiligidagi Agro treninglar ishtirokchisiga aylandilar.

Mazkur treninglarda agrobiznesda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish sirlari – strategik rejalashtirishdan boshlab barqarorlikka erishish bosqichma bosqich o‘rgatildi. Eng asosiysi, bu loyiha yoshlar uchun mutlaqo bepul bo‘lganligi.

Tashrifning ilk kunida spikerlar Jomboy hamda Bulung‘ur tumanidan tashrif buyurgan yetakchilar, yosh fermerlar va qiziquvchi yoshlar bilan uchrashishdi. Qolgan kunlarda viloyatning Urgut, Pastdarg‘om, Nurobod, Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rgon tumanidan tashrif buyurgan yetakchilar, fermer ayollar va qiziquvchi yoshlar loyiha mehmoniga aylandilar.Ushbu seminarlar Samarqand viloyatining barcha tumanlarida o‘tkazilib, 2000 ga yaqin yetakchi yoshlarni va yosh fermerlarni qamrab oldi.

Shu kabi seminar-treninglar Sizning ham viloyatingizda tashkil etilishini istasangiz, izohlarda o‘z fikr va takliflaringizni yozib qoldiring!

Kitoblardan o‘qiganlarimizni emas, amaliyotda sinaganlarimizni o‘rgatamiz!