Avval xabar berganimizdek, Yosh fermerlar Kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan samarali ishlar natijasida Respublikamizning barcha fermerlikka qiziqqan va fermerlik faoliyatini allaqachon boshlab yuborgan yoshlari uchun “Agrotransformatsiya” loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Bugundan boshlab 3 kun davomida agrobiznesda o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan barcha Namanganlik fermer yoshlar o‘z viloyatlarida o‘tkaziladigan seminar treninglarda ishtirok etishlari mumkin!
“Agrotransformatsiya” loyihasi yosh fermerlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. “DAVR24” ijodkorlari mamlakat yoshlari uchun shunday imkoniyat yaratayotgan barcha masʼullarni qilayotgan harakatlarini qo‘llab quvvatlaydilar.