2000-yili Toshkent Moliya institutini bakalavr va 2002-yilda magistraturasini tamomlagan. Aniq, lo’nda va keskin, o‘yindan tashqari fikrlar egasi. the_bakiroo telegram kanali muallifi, iqtisodchi/bloger.
Oyliklar 7%ga, jarimalar esa 10%ga oshiriladi. Mazzami?
Nihoyat oxirgi marta oshirilganidan 11 oy o‘tib, pensiya va nafaqalar (1 apreldan), byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari (1 maydan) 7%ga indeksatsiya qilinishi maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun, oxirgi indeksatsiyadan keyingi davrda yig‘ilgan inflyatsiya mart yakunlariga ko‘ra 10%ga, oziq-ovqat inflyatsiyasi 13%ga yaqinlashadi. Qachonlardir, umidli ko‘ringan yangi zamonning boshida byudjetdan to‘lanadigan oylik, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish prinsiplari eʼlon qilingan va amalda bir necha yil bu siyosat davom ettirilgan edi. 2022 yildan boshlab bu borada uzviylik yo‘qoldi.
Eʼtiborlisi, soliqlar, bojlar, turli jarimalar va minimum to‘lovlar belgilanadigan bazaviy hisoblash miqdori Roppa-rosarosa 10%ga, 330 ming so‘mga oshirilgan.
Talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmagan. Lekin kontrakt summalari oshayotgan bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘langanini unutmaslik kerak.
Yana bir qiziq holat mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,5%ga indeksatsiyalangan va 980 ming so‘m etib belgilangan. Aytish kerakki, biznesning juda katta qismi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini qo‘llaydi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori tezroq oshirib borilsa, davlat ham oyligini oqartiruvchilar ham ko‘proq yutgan bo‘lardi.
