Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi

Poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yirik tashkilotlar ishtirokida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “Kelajak Expo” hamda mutaxassislik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishlari hamda mutaxassislikka ega bo‘lmagan ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan  mazkur mehnat yarmarkalarida 60 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 477 taga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan qatnashdi.  

Unda 200 dan ortiq talaba – yoshlar ishtirok etdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan kasblar bo‘yicha maʼlumotga ega bo‘ldi va ishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Gulnoza Boboyeva