Hududiy OAVni “ketmoni” uchadi agar…

Biz doimo hududiy OAVlarini ayniqsa, nashrlarni tanqid qilib kelganmiz. Ular samarasiz ish tashkil etganligida ayblangan. Biroq, endi vaqt o‘zgardi. Markazlashgan OAVlardan ko‘ra muhimroq pozitsiyani egallashlari mumkin.

Yaqinda AQShda yaxshi bir tadqiqot o‘tkazilgan ekan, eʼtiboringizga mana shu maqolani biroz tahrirlangan holda havola etmoqchimiz .

Vox Media va Nielsen: mintaqaviy yangiliklar saytlariga tashrif buyuruvchilarning (axborot isteʼmolchilari) 38 foizi markaziy, mamlakat bo‘ylab qamrab olingan yirik ommaviy axborot vositalarini o‘qimaydilar yoki umuman kuzatmasligini aytmoqda.

Bu shuni anglatadiki, faqat markaziy yangiliklar OAVlarida (ayniqsa saytlarda) реклама beradigan brendlar katta auditoriyani qamrab ololmaydi.

Vox Media va Nielsen tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hududiy (mintaqaviy) yangiliklar saytlarida umuman OAVlarida реклама berilishi brendlarga (tadbirkor uchun) o‘z auditoriyasini yana-da kengaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida hududiy jurnalistikani ham moddiy qo‘llab-quvvatlashga omil bo‘lib xizmat qiladi.

“Odamlar mahalliy yangiliklarga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj. Bu ko‘rsatkich COVID-19  pandemiyasi paytida yana-da oshdi, chunki mahalliy jamoatchilik o‘z hududidagi bo‘layotgan xodisalarga ko‘proq qiziqish bildirgan, umuman, hududiy yangiliklar muhimligi sezilgan”

To‘g‘ri bu tadqiqot Amerika Qo‘shma Shtatlari OAV o‘tkazilgan, ammo tadqiqot natijalari barcha mamlakatlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Mahalliy yangiliklarni qo‘llab-quvvatlash bizning jamiyatimiz uchun foydalimi bu реклама beruvchilar uchun biznes natijalarini yaxshilay oladimi? Vox Media ushbu nazariyani sinab ko‘rish uchun global tadqiqot kompaniyasi Nielsen bilan hamkorlik qildi, va mintaqaviy OAV auditoriyani yana-da ko‘payishiga yordam beradi degan xulosaga kelgan.

Haqiqat shundaki, mahalliy yangiliklar saytlariga tashrif buyuruvchilarning 38 foizi markaziy ommaviy axborot vositalarini o‘qimaydilar – demak, faqat markaziy yangiliklar saytlarida реклама beradigan brendlar (tadbirkorlar mahsulotlari) katta auditoriyaga yetib bormaydi.

Markaziy ommaviy axborot vositalari bu katta miqyosdagi qamrovdur.

Hududiy (mintaqaviy) ommaviy axborot vositalari esa yangi jamoatchilik demakdir deyilgan tadqiqotda.

Markaziy media yangiliklar resurslari va hududiy yangiliklar resurslari bo‘yicha axborot isteʼmolchilari tomonidan o‘qiladigan uchta asosiy mavzu bir xil: so‘nggi yangiliklar va eng yaxshi yangiliklar va siyosat.

Biroq, hududiy yangiliklar ko‘proq foydalanuvchiga yaqin bo‘lgan mavzularda aylanadi: yaʼni ana shu hududdagi joylardagi sportga oid tadbirlar, ovqatlanish joylari va shu kabilar.

Umuman olganda, mahalliy OAV tegishli katta auditoriyaga shaxsiy daxdorlik xissi va shaxsiy aloqadorlik muhitini shakllantira olishi isbotlangan (aslida bu narsa doim isbotlangan jamoat oldida o‘zingizga tegishli yoki o‘zingizni ismingizni eshitsangiz yana-da diqqatliroq bo‘lasizku to‘g‘rimi? Shu narsa nazarda tutilayapti-da)

Tadqiqotda yana bir (qayta) aniqlangan  natijasi sifatida hududiy OAVlarni kuzatib boruvchilar potensial mahsulot isteʼmolchilari bo‘lishi mumkinligi hududiy nashrlar va saytlarda qayta aloqani yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘langan. Noshirlar tomonidan o‘quvchilarning fikr -mulohazalari rag‘batlantirib borilishi katta yutuq sifatida ko‘rilgan.

Bu tadqiqot tadbirkorlarga nima beradi?

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, reklamaning lokalizatsiya qilingan versiyasi (yaʼni shahar nomini o‘z ichiga olgan ijodiy ish) mahalliy muhitda markaziy OAV uchun tayyorlangan ijodiy mahsulotdan ko‘ra taʼsiri kuchli! (yaʼni har bir hudud uchun o‘zining urf-odatlari va qadriyatlaridan kelib chiqib tayyorlangan реклама yoki eʼlon ana shu hudud auditoriyasini ko‘proq qamrab oladi).

Umuman tadqiqot natijasi sifatida katta brendlar va umuman tadbirkorlar uchun marketing takliflarini mahalliy (hududiy) OAVlarda berilishi taklif etilmoqda. Bu bilan ham hududiy OAVlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ham tadbirkorlar uchun maqsadli (kerakli, manzilli) jamoatchilikka yetib borish imkoniyati oshishi isbotlangan.

Agar tadqiqot qiziqarli bo‘lsa, to‘liq matnini mana bu havoladan o‘qib olishingiz mumkin.