Tanishuv ilovalari yana ommalashmoqda

Pandemiya paytida odamlar yolg‘izlik tuyg‘usini tez-tez yengib o‘tish uchun mo‘ljallangan xizmatlardan foydalanishni boshladilar, deb yozmoqda Business Insider.

Tanishuv ilovalari Bumble BFF, QuarantineChat va sunʼiy Intellekt chatboti Replika hamda do‘stlarni ijaraga berish RentAFriend xizmati foydalanuvchilar va ishtirokchilar sonini keskin ko‘payganligini maʼlum qilmoqda.

Cigna kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklar orasida katta yoshdagilarning hech bo‘lmaganda uchdan biri vaqti-vaqti bilan yolg‘izlikni his qilishini bildirgan.

Yolg‘izlik tuyg‘usi eng keng tarqalgan aholi qismi bu 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar boshdan kechirishmoqda. Pandemiya mavjud muammoni yana-da kuchaytirdi – amerikaliklarning 28% (foizi) yolg‘iz qolishgan.

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning deyarli 50% (foizi) hozir odatdagidan ko‘ra yolg‘izlikni ko‘proq his qilishayotganini maʼlum qilgan.