Yaponiya hukumati aholiga turmush o‘rtog‘ini topishga ko‘maklashmoqchi

Yaponiya hukumati tanishish xizmatlariga tug‘ilish darajasini oshirish uchun mablag‘ ajratadi.

2019 yilda Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni rekord darajada pasayib, 865 mingga yetdi. Shiddat bilan keksayib borayotgan millat uzoq vaqtdan beri demografik muammoni hal qilish yo‘llarini izlamoqda.

Ko‘plab yaponlar  aksariyat vaqtlarini ishga bag‘ishlagan bo‘lib, yangi tanishlar ortirishga vaqtlari yo‘q. Mamlakat aholisi ijtimoiy odob-axloq qoidalariga rioya qilishadi, bu o‘zlarining his-tuyg‘ulari haqida ochiq gapirish odat emas, shuning uchun ko‘p odamlar yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda.

Izolyatsiyaning yuqori darajasi “kodokushi” atamasining paydo bo‘lishiga olib keldi – bu odam vafot etganda va uning tanasi bir necha kundan yoki hatto bir necha oydan keyin topilgan hodisani anglatadi.

Yaponiya rasmiylari aholiga turmush o‘rtog‘ini topish va oila qurishlari uchun neyron tarmoqlardan foydalanadigan tanishish dasturlarini moliyalashtirmoqchi. Mahalliy kompaniyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kelasi yildan boshlanadi, byudjetdan 19 million dollar ajratilishi belgilangan.

Dasturlarda nafaqat yaponlarning yoshi va daromadlari, balki ularning sevimli mashg‘ulotlari, qadriyatlari, ijtimoiy kelib chiqishi va maqsadlari ham hisobga olinishi rejalashtirilmoqda.

Agar chora ko‘rilmasa, Yaponiya aholisi ikki baravaridan ko‘proq kamayib ketishi havfi mavjud: 2017 yilda mamlakatda 128 million aholi yashagan va asr oxiriga kelib yaponlar atigi 53 million kishini tashkil etishi mumkin.

Biroq, ijtimoiy-madaniy antropolog Sachiko Horiguchi, tug‘ilish sonini oshirish uchun yoshlarning ish haqining pastligi ishqiy munosabatlarga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishi bilan bevosita bog‘liq – turmush darajasining oshishi vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi. “Agar biz texnologiya haqida gapiradigan bo‘lsak, sunʼiy intellekt robotlari uy ishlarini yoki bolalarni parvarish qilishning bir qismini o‘z zimmalariga olishlari foydalidir”, deb qo‘shimcha qiladi doktor Horiguchi.

P.S.bu yaponlaram ajoyibda (!) bizda oylik maoshi haminqadar bo‘sayam ko‘payib yotibmizu xohish bo‘lishi kifoya.