Bokudagi harbiy parad nimani anglatadi

Rossiya Ozarbayjonni yo‘qotdi. 1920 yil aprel oyida Valerian Zubovning Kaspiy kampaniyasi bilan boshlangan, general Paskevichning aneksiyasi va bolsheviklarning Samurdan o‘tishi bilan yangilangan  ikki asrlik davr yakunlandi. Ozarbayjon endi Rossiyaning bir qismi va sunʼiy yo‘ldoshi emas. 1918-20 yillardagi fuqarolar urushida bo‘lgani kabi, u yana Turkiyaning ittifoqchisiga aylandi.

Ammo u vaqtlarda Mustafo Kamol boshchiligidagi Turkiya zaif edi, Usmonli imperiyasi qulagan va Jahon urushida mag‘lubiyatga uchragan davlat edi. Kamol Poshoning o‘zi Lenin va Kominternning yordamiga muhtoj edi. Shu sabab oltin va qurol-yarog‘ evaziga janubiy Tau-Klarjetiya va Ararat tog‘idan (Surmalin tumani) voz kechish orqali Ozarbayjonni bolsheviklarga berishga rozi bo‘lgan.

Hozirgi Bokudagi parad shunchaki Armaniston ustidan qozonilgan g‘alabaning tantanasi emas, bu Rossiyaga joy qolmagan yangi geosiyosiy ittifoqning tantanasidir. Rivojlanish vektori sifatida “20 asrning eng katta falokati – SSSRning qulashi” nostalgiyasini tanlagan Putinning xatosi, uni 15 yil o‘tib butunlay berk ko‘chaga olib keldi.

O‘sha sobiq ittifoq, mamlakatma-mamlakat bo‘lib undan voz kechmoqda, chunki o‘zga tomonda vaziyat ancha yaxshi, asosiysi rivojlanish uchun istiqbol bor. Chunki, Ozarbayjon uchun Turkiya qo‘lay, Moldova, Ukraina va yangi Belorussiya uchun esa bu mo‘ljal Yevropa.