Qozog‘iston hududi Rossiyadan sovg‘a bo‘lganmi?

“Qozog‘iston hududi Rossiyadan sovg‘a”. Ushbu bayonot birinchi kanaldagi ko‘rsatuv efirida rossiyalik deputat Vyacheslav Nikonov tomonidan aytildi.

Uning so‘zlariga: “Qozog‘iston shunchaki, mavjud emas edi, shimoliy Qozog‘iston degan tushunchaning o‘zi yo‘q edi. Ular janub tomonda mavjud edilar (yashashi nazarda tutilmoqda). Aslida Qozog‘iston hududi Rossiya va Sovet Ittifoqining ajoyib sovg‘asi bo‘lgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari yerlarida ham murakkab tomonlar mavjud” (alohida mavzu sifatida qistirib ketgan).

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Marat Sizdiqov deputatning ushbu bayonotiga Rossiyaning muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Komarov bilan uchrashuv paytida munosabat bildirdi. Sizdiqov Nikonovning so‘zlaridan hayratda ekanligini bildirgan.

Oxirgi vaqtlari rossiyalik siyosatchilarning Qozog‘istonga nisbatan tez-tez provokatsion hujumlari kuzatilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoni tomonidan bunday bayonotlarga munosib baho berilishini shuningdek, bunday bayonotlarning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Komarovga Tashqi ishlar vazirligi pozitsiyasi yozilgan nota topshirilgan.

Bunday chiqishlardan so‘ng “Rossiya dunyosi” Qozog‘iston bilan do‘stlik aloqalarini uzmoqda deyilmoqda.

Hozirgi vaziyatda, Rossiya nafaqat G‘arb bilan, balki sobiq SSSRning ko‘plab davlatlari bilan ham keskin munosabatda bo‘lish noto‘g‘ri ekanligi, Rossiya siyosiy idorasi o‘z bayonotlarida va Rossiya televideniyesida, ayniqsa, postsovet mamlakatlarining hududlarida efirga uzatiladigan “birinchi kanali”dagi siyosiy chiqishlarida juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak.

Rossiyada baʼzi jurnalistlar tomonidan ham  “Russkiy Mir” jamg‘armasi raisini qayta saylash masalasini ko‘rib chiqishi kerakligini bildirilmoqda, chunki, yuqorida kabi chiqishlarni nazoratda ushlay olmayotgan va atrofdigilarda Rossiyaga bo‘lgan nafratni yana-da kuchayib ketishi bu tashkilotning vazifalariga zid kelishini aytilmoqda.