O‘zbekiston jahonning eng kambag‘al 40 ta davlatidan biri iqtisodchi tahlili

“Nega O‘zbekiston mehnatsevar va tadbirkor aholisi, tabiiy boyliklari bo‘la turib jahonning eng kambag‘al 40 ta davlatlari qatoriga kiradi?

Chunki o‘zbek iqtisodiyoti yuzlab, minglab sunʼiy monopoliyalar va korrupsioner tekintomoqlarni yelkasida ko‘tarib turibdi. Masalan, ularga import mahsulotni 48 ming dollarga sotib olib, bojxona to‘lovlaridan bor-yo‘g‘i 15 foiz QQSnigina to‘lab(agar to‘lasa), uni bizga 76 ming dollarga sotishga ruxsat berilgan. (manba – TrollUz)

Deputatlarga bu raqamlarni eʼlon qilish taʼqiqlangani bekorga emas: mafiya ochiqlikni yoqtirmaydi.

Shuning uchun toki biz:

– aholi va byudjetga “parazit”lik qiluvchi sunʼiy monopoliyalarni yakson qilmas ekanmiz;

– raqobatni cheklovchi byurokratiya va soliq to‘siqlari mashinasi hamda u bilan bir vaqtda birga ishlovchi “o‘zlariniki” uchun imtiyoz va preferensiyalar beruvchi mashinani sindirmas ekanmiz;

– sunʼiy monopoliyalar, biznesdagi raqobat uchun to‘siqlar va korrupsion “sxema”larni dunyoga keltiruvchi og‘ir iqtisodiy davlat boshqaruvimizni isloh qilmas ekanmiz;

– o‘z menejerlari va yuqori turuvchi korrupsiyalashgan amaldorlari tomonidan allaqachon “prixvatizatsiya” qilib bo‘lingan davlat korxonalarini xusiylashtirmas ekanmiz;

– xatolik bois “sud”, deb ataladigan sudlarimizni haqiqatan isloh qilmas ekanmiz;

– qishloq aholisini majburiy davlat buyurtmalari va hokimlarning cheksiz hukmronligidan iborat feodal-krepostnoylik tizimidan ozod etmas ekanmiz O‘zbekiston kambag‘al davlatligicha qolaveradi”.

 Yuliy YUSUPOV, iqtisodchi