Erdog‘an uchun hisob-kitob vaqti keldi

The New York Times gazetasida Robert M. Geyts muallifligidagi maqolani e’lon qildi.  Sobiq maxfiy xizmat xodimi Geyts 2006 yildan 2011 yilgacha (ya’ni respublikachi Jorj Bush va demokrat Barak Obama davrida) AQShning mudofaa vaziri lavozimini egallagan.

Geyts maqolasida o‘ziga haddan tashqari ishonib ketayotgan davlatlar deya ikki mamlakatga e’tibor qaratgan. Gap, Germaniya va Turkiya haqida ketmoqda. Sobiq vazir yaqinda Anqaraga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni alohida qo‘llab-quvvatladi va bu “yaxshi boshlanish” deb yozgan.

Agar kelajakdagi (Bayden rahbarligidagi) ma’muriyatning harakatlari nuqtai nazaridan FRGning istiqbolidagi rejalar hali aniq bo‘lmasa-da, biroq, Turkiya haqida ishonch bilan aytishimiz mumkinki, u (hozirgi Turkiya hukumati) qiyin paytlarga duch keladi, bu davrda u suveren siyosat huquqini himoya qilishi kerak bo‘ladi.

O‘tgan hafta Vashington Turkiyaning mudofaa sanoati kotibiyati rahbari Ismoil Demir va yana uch nafar rasmiyga qarshi Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olganligi uchun shaxsiy sanksiyalarni joriy qilgan edi.

Bu Anqara uchun og‘riqli zarba. Gap Demir nafaqat Turkiya prezidentining eng yaqin sheriklaridan biri ekanligida. Bundan ham muhimi, Erdo‘g‘an shaxsan o‘zi ko‘p harakatlarni amalga oshirgan harbiy-sanoat kompleksi, G‘arb bilan lisenziyalash masalalari va tarkibiy qismlarni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlikka bog‘liq bo‘lgan sohaga sanksiya kiritilganligida bo‘ldi.

Anqara uchun ogohlantirish signallari anchadan beri yangrab kelmoqda. Ko‘p oylar davomida Pokiston bilan Turkiyaning harbiy T129 vertolyotlarini eksport qilish bo‘yicha yirik shartnoma barbod bo‘lish arafasida – bularning hammasi amerikaliklar tomonidan mashinalarni jihozlash uchun xarid qilinadigan dvigatellarga lisenziyani bekor qilishi bilan bog‘liq. Kanadaliklar Bayraktar TB2 uchuvchisiz samolyotlarida ishlatiladigan elektro-optik tizimlarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Germaniya Altay tanklarini seriyali ishlab chiqarish uchun kislorodni uzib qo‘ydi, shu sababli turk rasmiylari uni shartnomaviy majburiyatlarni buzishda ayblagan edi.Ismoil Demirga tegishli yo‘nalishi rahabari sifatida AQSh sanksiyalari, shubhasiz, sanoatning qiyinchiliklarini yanada kuchaytiradi, chunki turklar hali ham import o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan tegishli maxsulotlarni ishlab chiqara olmayapti.

Eng yomoni, Turkiyaning Vashington va boshqa G‘arb poytaxtlari bilan muammo birgina S-400 bilan bog‘liq yagona to‘siq emaslida! Bir necha yil davomida Turkiya rahbariyati deyarli barcha sheriklari bilan ko‘plab kelishmovchiliklar va janjalli xolatlarga tushib qolmoqda.

Mana shu muammolarni Robert M. Geyts o‘z maqolasida:  “Boshqa muammolar qatori, Turkiya “Liviya, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Suriyadagi harakatlar uchun javobgar bo‘lishi kerakligini”, chunki, bu vaziyat “boshqa NATO ittifoqchilarining manfaatlariga zid keladi va tinchlikka erishish harakatlarini murakkablashtiradi”  deb alohida sharhlab chiqqan.

Hozircha Turkiya hukumati Rossiya bilan ko‘p jihatdan manfaatlari to‘qnash kelmay turgani uchun G‘arb va AQShdan uzoqlashgani sabab ham yaqinroq munosabatlarda hamkorlik olib bormoqda. AQSh Turkiya hukumatini S-400 sotib olishi yoki qandaydur (ambisiya) shuhratparastliklaridan voz kechishi muhim emas, balki, butunlay bo‘ysinishini istaydi.

Kutamiz, Turkiya hukumatini “javob” berishi uchun yana qanday sanksiyalar kiritilar ekan.