Rahmonning chiroyli surati

Tojikistonda odamlar ochlikdan azob chekayotgan bir paytda, prezident tog‘ning fonida ovqat bilan suratga tushmoqda. Respublikada pandemiya davrida kuchli oziq-ovqat inqirozi paydo bo‘lgan. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, nafaqat pandemiya davrida balki, avvalgi yillarda ham mamlakat aholisining deyarli uchdan bir qismi to‘yib ovqatlanmas edi deyilgan internet nashrlari tomonidan tarqatilayotgan maqolalarda.

Hozirgi butun dunyo uchun favqulodda vaziyat og‘irlashgan davrda hukumatning bunday  vaziyatga tayyor emasligi sezarli ravishda ahvolni yanada og‘irlashtirdi.

Ammo Prezident Imomali Rahmon bu haqiqatni biladimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Ammo uning PR jamoasi prezidentga oziq-ovqat fonida juda yaxshi ko‘rinishi borasida mashalat bermoqda. U mamlakat bo‘ylab sayohat qilganida ham, uni hamma joyda mo‘l-ko‘lchilik kutmoqda.

Biroq, bunday mo‘l-ko‘lchilik oddiy tojikistonliklar uchun emas balki, prezident uchun! Tojikistonning ishlamaydigan iqtisodiy modelining o‘ziga xos xususiyati shundaki, odamlar mamlakat ichida ish topa olmaydilar lekin, elita kundan kunga boyib bormoqda.

Respublikaning asosiy eksport mahsuloti bu ishchi kuchi. 2019 yilda tojikistonlik migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari 2,5 milliard dollarni tashkil etdi – bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismi. Ammo hozirda o‘tkazmalar hajmi qariyb 40 foizga kamaydi. Bu tojik puli (somoniy)ning inflyasiyaga olib keldi.

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi chegaralarni yopiqligi sababli Tojikistonga oziq-ovqat yetkazib berishda muammolar mavjudligi haqida bong urib kelmoqda.

Ammo Rahmon bu muammoni chiroyli rasmlar bilan tuzatishga umid qilayotganga o‘xshaydi.