Turkiya va Xitoy o‘rtasidagi temir yo‘l loyihasi amalga oshdi

Mutaxassislar bu Osiyo va Yevropa o‘rtasida eng qisqa va eng qulay temir yo‘l yo‘nalishi ekanligini aytishmoqda.

Turkiya ommaviy axborot vositalari esa mazkur yo‘nalishni “tarixiy sayohat” deb atashmoqda. Poezd 4 dekabr kuni Istanbuldan jo‘nab ketib, 12 kun ichida 8693 km masofani bosib o‘tdi, 2 qit’ani, 2 dengizni va 5 mamlakatni kesib o‘tdi, undan keyin Xitoyning Sian shahriga etib bordi.

Hozir Xitoy Turkiyaning Rossiyadan keyingi ikkinchi import sherigi. So‘nggi 3 yil ichida XXR Turkiya iqtisodiyotiga 3 milliard dollar sarmoya kiritdi va rejada yana ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Pekin infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi: Xitoy kompaniyalari Istanbuldagi Kumport konteyner terminalining 65 foiziga, Sulton Selim Yavuz ko‘prigining 51 foiziga egalik qiladi.

Xitoy O‘rta yer dengizidagi Hunutlu ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyasiga 1,7 milliard dollar xayriya qildi, bu esa Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 3 foizini qondiradi.

Xitoyning Huawei tizimlarining Turkiya bozoridagi ulushi 2017-2019 yillarda 3 foizdan 30 foizgacha o‘sdi. Xitoyning yana bir kompaniyasi ZTE 2016 yilda Turkiyadagi Netas telekommunikasiya ishlab chiqaruvchisining 48 foizini sotib oldi. Ushbu kompaniya Istanbul aeroportida telekommunikasiya tizimlarini boshqaradi va milliy sog‘liqni saqlash ma’lumotlarini raqamlashtiradi.

Pekinni ko‘pchilik rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatlarni infratuzilma loyihalari uchun kreditlar ajratish bilan jalb qilish orqali “qarz tuzog‘idagi diplomatiya”da ayblab keladi. Keyinroq esa kredit oluvchilar ularni o‘z vaqtida to‘lay olmay qolganida Xitoy iqtisodiy yoki siyosiy imtiyozlarga erishadi.

Biroq, masalaning boshqa tomoni ham shartnomalar puxta o‘ylanib faqatgina iqtisodiy manfaatlar ustida tuzilsa, bunday ehtimollik kam albatta! Avvalgi “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi amalga oshadimi?” maqolasida import qilish uchun tayyor mahsulotlari mavjud emaslgi uchun bu loyiha 25 yil mobaynidan buyon amalga oshmasdan kelmoqda.

Biroq Xitoy, o‘zi uchun iqtisodiy manfaatli bo‘lgan davlatlar bilan qisqa muddat ichida kerakli natijaga erishib bo‘ldi.

Aslida yuqoridagi loyihaga ko‘p xollar “katta og‘amiz”ning “ekspertlar”i bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmasligi, XXR hukumati bizni keyinchalik qaram qilib olishi mumkin deya ishontirib kelmoqda hamda loyihada ishtirok etmaganligi bois, “ruxsat” tegmayotgandek.