Toqayev Qozog‘iston yerlari bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

Prezident Toqayevning “Yegemen Kazaqstan” gazetasida qozoq tilidagi katta maqolasi bosildi.

Maqolada ko‘plab yechimini kutayotgan masalalarga oydinlik kiritilgan. Shu bilan birga, Rossiyaning birinchi kanalidagi ko‘rsatuv efirida rossiyalik deputat Vyacheslav Nikonov tomonidan “Qozog‘iston hududi Rossiyadan sovg‘a” deb aytilgandan so‘ng jamoatchilik orasida anchadan beri muhokama etib kelinayotgan masalaga alohida to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bildirgan.

“U har qanday usul bilan milliy manfaatlarni himoya qilish va Qozog‘istonning hududiy yaxlitligiga shubha qiladigan va provokatsion harakatlarga yo‘l qo‘yadiganlarga qarshi turish zarurligini yozgan.

Toqayev, shuningdek, Qozog‘iston yerlari chet elliklarga sotilmasligini yana bir bor taʼkidlagan.

“Hech kim bizga bu ulkan hududni bermadi. Bizning tariximiz 1991 yoki 1936 yillarda boshlanmaydi.

Xalqimiz Qozoq xonligi davrida, undan keyin Oltin O‘rda, Turk xoqonligi davrida, xun va saklar davrida yashagan.Shunday qilib, milliy tariximizning ildizlari chuqur qadimiylikda yotadi. Ammo tarix bilan siyosatchilar emas, tarixchilar shug‘ullanishi kerak”.