Qozog‘iston yerlari ijaraga berilmaydi va sotilmaydi

Chet elliklarga qonuniy ravishda yerga egalik qilish taqiqlanadi. Hujjat parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“Men bir necha bor yerlarni chet elliklarga sotish mumkin emasligini aytgan edim. Biz bu boradagi mish-mishlarni to‘xtatishimiz kerak”, deb tushuntirdi prezident Toqayev.

▪️Qozog‘istonda yer sotib olish hozir ham mumkin emas. Bu yil tugaydigan bitimlarga moratoriy joriy etildi.

▪️Yerlarni sotish 2016 yilgi norozilik namoyishlaridan so‘ng to‘xtatilgan edi. Chet elliklarga uchastkalarni ijaraga berish shartlarini 10 yildan 25 yilgacha oshirish taklifi fuqarolarni g‘azablantirgan edi. Ijarga berish vaqtini ko‘paytirishdan maqsad, mamlakat rasmiylari qishloq xo‘jaligiga xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish edi.

▪️Hozirda Qozog‘iston yerlarining atigi 0,07 foizi chet elliklarga ijaraga berilgan. Asosiy ijarachi esa Rossiya.

▪️Rossiya korxonalarining aksariyati qo‘shma korxonalardir. Ularga Qozog‘iston fuqarolari egalik qiladi. Biroq, hatto bunday korxonalarga ham yerlarni ijaraga berish taqiqlanadi.

▪️2016 yil 1 iyulgachaimzolanganshartnomalaramalqiladi, ammoyangilarinituzishmumkinemas.