Kim Chen In cheksiz kuchga ega bo‘ldi

Endi u hukmron partiyaning bosh kotibi.

Baʼzilar ushbu qadam hokimiyatni “oliy rahbar”ning qo‘lida yana-da markazlashtirishdan dalolat deb izoh berayotgan bo‘lsa, boshqalar buni butun dunyoga o‘ziga xos “xabar” deb ataydi.

Ushbu qadam KXDR fuqarolarini yetakchi siymosi atrofida jamlash va uning ichki va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Partiya bosh kotibi lavozimi mamlakatda hokimiyatning davomiyligini ramziy maʼnoda anglatadi, chunki KXDRning avvalgi rahbarlari – Kim Ir Sen va Kim Chen Ir ham ushbu lavozimni bir vaqtlar egallagan edi.

Kim Chen Inning ushbu lavozimga saylanishi unga Shimoliy Koreyada deyarli cheksiz hokimiyatni beradi, chunki Leyboristlar (ishchilar) partiyasi mamlakat hayotining barcha sohalarini nazorat qiladi.