Xitoy bilan Markaziy Osiyo hududlari chegaralaridagi kelishuvlar

1990 yillarda Qozog‘iston chegara masalalarini uzul kesil hal qilish maqsadida, Pekin bilan kelishish mobaynida ikki marta yon bosdi. 1994 yilda Xitoy va Qozog‘iston chegara to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, unga ko‘ra xitoyliklar 946 kv. km.ga egalik huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1997 yilda Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston-Xitoy chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy kelishuvlarga erishdi. Qozog‘iston jamoatchiligi xitoyliklarga aslida bir necha ming kvadrat kilometr berilgan deb taxmin qilishadi. Aslida esa, rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 407 kvadrat km. maydon Xitoyga o‘tkazilgan. Biroq, mazkur shartnomani hech kim ko‘rmagan yaʼni jamoatchilikka ochiqlanmagan.

Qirg‘iziston Xitoybilan kelishuvlari natijasida esa Xitoyga berilgan hududlar orasida mahalliy ko‘chmanchi xalqlar uchun diniy ahamiyatga ega bo‘lgan Xon Tengri tog‘i ham berib yuborilgan.

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev ham xitoyliklar bilan muzokaralar olib borgan edi. 1999 yilda Bishkek va Pekin bahsli Uzongu-Quush uchastkasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Biroq, Xitoyga 161 kv. km.ni berish evaziga erishilgan mazkur kelishuv Xitoy tomonidan talab etilgan maydonning 39% ni tashkil etishiga qaramasdan, Qirg‘iziston aholisi ushbu shartnomalardan g‘azablangan edi.

Aslida mazkur shartnomalar qaysidur maʼnoda 2005 yildagi mamlakatdagi birinchi inqilobning sabablaridan biriga aylandi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, Markaziy Osiyo davlatlariga SSSRdan eng katta qolgan meros bu mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar bilan bog‘liq muammolardir.  Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘zlarini chegara muammolarini tezroq hal etish va hujjatlardagi muammolarni tuzatishga harakat qilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, bahsli hududlarning aksariyati hali ham sobiq postsovet respublikalarida mavjud.

Xitoy ancha ko‘proq yerni daʼvo qildi, ammo murosa topildi va xitoyliklar kichikroq qismiga rozi bo‘ldi.

Markaziy Osiyodagi hududiy imtiyozlar mavzusi eng og‘riqli mavzulardan biridir. Mahalliy aholi orasida xitoyliklarga nisbatan fobiya ko‘payganligi va odamlar Xitoyga qanchalik yaqin bo‘lsa, shuncha tashvishga tushishadi. Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi yerlarini Xitoy kompaniyalariga ijaraga berish bo‘yicha munozaralar bosqichida loyihalar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qirg‘izistonda mahalliy aholi xitoylik tog‘-kon korxonalari bilan nizolarni mitinglar orqali hal qilmoqda. Biroq, yangi prezident Japarov Xitoyga Narindagi Jetim-Too konidagi xom ashyoni o‘tkazishni taklif qilgan, ushbu kon eng katta qora va rangli metallarning zaxiralariga ega bo‘lib, taxminiy hisobda 80-100 milliard dollarga baholangan.

Pekinning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida yashovchi (ozchilik) musulmonlarga nisbatan olib borayotgan siyosati ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritilib borilmoqda bir millatni qayta tarbiyalash uchun joylashtirilgan mehnat lagerlari haqidagi maʼlumotlar kundan kun ko‘paymoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari olayotgan iqtisodiy qarzlari orqali o‘zlarini Xitoyga qaram qilmoqda, xususan, doimiy ravishda to‘lashi qiyin bo‘lgan ko‘p milliardli kreditlar borgani sari ko‘payib bormoqda.

Aholi hukumatni olingan qarzlarni yer bilan yoki foydali qazilma konlarini Xitoy tomonidan o‘zlashtirishdan xavotirda. Xuddi shunday presedent Tojikistonda allaqachon sodir bo‘lgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda dunyoda eng boy konlardan biri berib yuborish uchun tayyorlanmoqda.

1990 yillarda qo‘shni Tojikiston fuqarolar urushi ostida qoldi, shuning uchun tojiklar boshqa davlatlar bilan hududiy masalalarni keyinroqqa qoldirdilar. Ehtimol shuning uchun ham Dushanbe Qirg‘iziston va Qozog‘istonga qaraganda ancha katta yer uchastkalaridan voz kechgandur.

2011 yilda, Tojikiston o‘z hududining bir qismini tantanali ravishda (!) Xitoyga o‘tkazib berdi. Tojikistonning umumiy hududining 0,77 foizini yaʼni 1,1 ming kvadrat km.ni demakdir.

Tojikistonliklarning bu saxovati ko‘plab omillarga, jumladan hukumat Pekinga katta miqdorda qarzdor bo‘lishidan tashqari,  Tojikiston yo‘llar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa infratuzilmalarni qurish uchun Xitoydan ko‘plab miqdorda kreditlar olgan. Iqtisodi rivojlanmagan mamlakatda to‘lashga hech narsa yo‘q. Natijada Yuqori Qumarig‘ oltin koni Xitoy kompaniyalariga o‘zlashtirish uchun berildi. Bundan oldin xitoyliklar o‘zlashtirish uchun Tojikistonda boshqa oltin, kumush va ko‘mir konlarini ham olgan edi.

Xitoyning qarz berish usulini hozirda barcha mamlakatlar hukumati yaxshi biladi. Tez va muammosiz katta miqdorda olinayotgan qarzlarni o‘z vaqtida qoplash va qaytarish juda qiyin masala shuning uchun tabiiy resurslar yoki uzoq muddatli yerga egalik qilish huquqini berish evaziga qoplanadigan bu kreditlarga tushib qolmaslik kerak. Xitoy hukumati hozirgi zamonda chegaralarni kengaytirish uchun kelishuvlar yoki muzokaralar  orqali emas, qarz berish orqali yengilgina usulda o‘zlashtirib bormoqda.