Yaponiyalik erkak “sustkashlik” bilan shug‘ullangan va ikki yil davomida 30 million iyen ishlab topdi

Shoji Morimoto fizika bo‘yicha magistr darajasiga ega. Osaka universitetida o‘qishni tugatgandan so‘ng, u uch yil davomida nashriyot kompaniyasida ishlagan, ammo tez orada u yerda zerikib, ishdan ketgan.

2018 yilda Shoji reklama berdi:

“Hech narsa qilmaydigan odamni ijaraga olish uchun.

Men o‘zimni hech narsa qilmaydigan odam sifatida ijaraga beraman.

Sizga do‘konga yolg‘iz borish qiyinmi? Sizga navbatda turadigan yoki siz billan birga tomosha qiladigan kishi kerakmi?

Men faqat yengil narsalarni qila olaman. Men hech qachon band emasman, har doim tayyorman va ovqatlanish, ichish va oddiy iboralar bilan javob berishdan boshqa hech narsa qilmayman.”

Nima deb o‘ylaysiz unga bo‘lgan talab qanday bo‘ldi?

Uning xizmatlariga bo‘lgan talab juda katta.

U birgalikda ovqatlanishga, Instagram fotosuratlariga suratga tushishga, bog‘da kapalaklarni birgalikda ushlashga, konsertlarga va janglarni birgalikda tomosha qilishga taklif qilindi.

Ayollar uni birga xarid qilish va sayohat qilish uchun yollashdi. Bir xonim uni Internet orqali tanishgan hamroxi bilan birga uchrashuviga olib bordi.

Kimdir kasalxonadan chiqish uchun yollagan. Depressiyaga tushgan odamlar uni o‘z joniga qasd qilish haqidagi o‘ylarini gapirib berish uchun yollagan.

Shoji shunchaki bularning barchasini tinglaydi va qisqagina so‘zlar bilan javob beradi.

U restoranga borishi, mijoz bilan ichishi mumkin. Ammo u hech kimni hukm qilmaydi, o‘z fikrini aytmaydi, maslahat yoki tavsiyalar bermaydi, maqtamaydi yoki maqtanmaydi.

Ayni paytda, Shojo mijoz bilan 1 soat vaqt o‘tkazish uchun 100 dollar oladi. Shuningdek mijoz uning yo‘l va ovqat xarajatlarini to‘laydi. Shojining kuniga 3-4 mijozi bor va bu mijozlar juda ko‘p.

Hozir 37 yoshda, Shojo allaqachon bir nechta kitob nashr ettirgan; uning asosida televizion drama suratga olingan. Hozirda uning 270 mingdan ortiq Tvitter-dagi obunachilari bor.

“Men do‘st yoki tanish emasman”, deydi u. «Menda munosabatlarga xos bo‘lgan bezovta qiluvchi narsalar yo‘q. Ammo men ko‘pchilik uchun yolg‘izlik tuyg‘usini yumshata olaman.”