Qo‘shma Shtatlar o‘ta boylarga soliq solishni rejalashtirmoqda

Kapitoliydagi senatorlar Yelizaveta Uorren va Berni Sanders boshchiligida demokratlar yillik 1 milliard dollardan ortiq boylik uchun 3 foizlik soliq to‘lashni taklif qilmoqdalar.

Shuningdek, ular uy xo‘jaliklari va trastlar uchun yillik boylik soliqlarini 50 milliondan 1 milliard dollargacha kamaytirishga chaqirmoqdalar.

“O‘ta boylar qoidalarni o‘zlari foydalariga shunchalik moslashtirib olganlarki, aholining eng katta boylikka egadorlik qiluvchi 0,1 foizi, oddiy qatlam hisoblangan aholining 99 foiziga nisbatan pastroq soliq stavkasini to‘lamoqdalar vaholanki, milliarderlarning СОВИД oqibatidagi inqiroz davridagi boyliklari 40 foizga ko‘paygan”, – dedi Uorren,

U olingan soliq stavkalarini bolalarni parvarish qilish, maktabgacha va o‘rta taʼlim hamda infratuzilmasini yaxshilash uchun investitsiya sifatida kiritishni taklif etmoqda.

P.S. Trampni saylov oldi vaʼdalaridan biri boylar uchun ham soliqni kamaytirish bo‘lgan edi.