Qirg‘izistonda Moliya politsiyasi tugatildi

Hukumat tomonidan IJQKDX (Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati) bilan bog‘liq shikoyatlar tez-tez uchrayotgani to‘g‘risida maʼlumot berildi. Ushbu tuzilma korrupsiyada va biznesga noqonuniy aralashishda ayblanmoqda.

Vazirlar Mahkamasi moliya politsiyasi oxirgi vaqtlari faqat “jazolash funksiyalari” ni bajarganligini aytmoqda.

Turli manbalarga ko‘ra, mamlakatdagi “soya iqtisodiyoti” ulushi YAIMning 23 foizdan 43 foizigacha oshgan. Hukumatning fikriga ko‘ra, bu jarayonga IJQKDX aybdor.