Safar bilan Iroqqa kelgan Rim Papasi Fransisk Iroq shialarining ayni vaqtdagi yetakchisi Oyatulloh Ali Sistoniy bilan uchrashdi. Bu uning papalik tarixida shialar yetakchisi bilan birinchi uchrashuvi hisoblanadi.
Qatʼiy nazorat va rasmiy ravishda olib borilgan suhbat shia musulmonlari uchun markaziy hisoblangan An-Najaf shahrida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv taxminan 40 daqiqa davom etgan uchrashuvda Papa Fransisk diniy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlikni Iroq va butun mintaqada tinchlikka xizmat qiladigan dialogni rivojlantirish yo‘lida harakatlar muhimligini taʼkidladi, dedi “Muqaddas Taxt” matbuot xizmati rahbari Matteo Bruni.
Pontifik, shuningdek, Oyatullohga og‘ir yillardagi zo‘ravonliklar vaqtida kuchsizlarni himoya qilishda xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi, inson hayotining muqaddasligini taʼkidlab, Iroq xalqini birdamlikka chaqirdi, dedi Bruni.
O‘z navbatida, Iroq shialarining yetakchisi Yaqin Sharq mintaqasida urushlar va zo‘ravonliklarga yo‘l qo‘yilmasligini, shuningdek, yerda yashovchi xalqlarning huquqlari poymol qilinishini taʼkidlab, Falastinliklarga eʼtibor qaratdi.
U asosiy dinlar va ularning rahbarlarining ushbu “fojialar”ni yengishda muhim rol o‘ynaganligini, yaʼni “manfaatdor tomonlarni, ayniqsa nufuzli kuchlarni urushlardan voz kechish zarurligiga ishontirishda”, “o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini odamlar huquqlardan ustun qo‘ymaslikni, insonlar erkin yashashlari kerakligini taʼkidladi.”
P.S. bir narsa juda qiziq, protokol bo‘yicha yetakchilar qanday ko‘rinishda salomlashgan ekan?!