Markaziy Osiyoga lotin alifbosi kerakmi?

Turk dunyosining umumiy va asosiy muammosi – bu alifbo. Hozirga kelib Qirg‘izistondan tashqari turkiy tilda so‘zlashadigan mamlakatlar orasida lotin alifbosiga o‘tishni istamaydigan davlat qolmadi. Markaziy Osiyoda lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida birinchi bo‘lib O‘zbekiston eʼlon qilgan; Qozog‘iston esa 2023 yildan boshlab yangi alifboga to‘liq o‘tishni rejalashtirgani taʼkidlagan.

Qirg‘izistonda alifboni o‘zgartirish bo‘yicha biror fikr aytilmadi, ammo ko‘pchilik prezident Japarovdan shunga o‘xshash bayonotni kutishmoqda.

Turkiy dunyodagi alifbo shunchalik ko‘p o‘zgarganki, bu madaniy meros, madaniy va sivilizatsiya tarixini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish muammolarini keltirib chiqargan.

Bugungi kungacha turklar savdo, madaniy, diniy va boshqa sabablarga ko‘ra Kyokturk, Manixey, So‘g‘d va Uyg‘ur yozuvlari, Braxmi, Tibet, Suriya alifbolari, ibroniy, yunon, arab, kirill, lotin yozuvlaridan turli darajalarda yozish uchun moslashtirganlar.

Tilshunos mutaxassislar fikriga ko‘ra “turk dunyosi lotin alifbosiga o‘tish doirasida tushunishni qiyinlashtiradigan ko‘p harflardan voz kechishi kerak. Turkiy mamlakatlar lotin alifbosiga o‘tish jarayonida alifboga o‘z tillariga hos bo‘lgan ko‘plab harflarni olib kirmoqchi. Shu bilan birga, Turkiya tomonidan qabul qilingan harflar 29ta harf tizimi amal qilinishi kutilmoqda”.

Aks holda, lotin alifbosiga o‘tish hech qanday maʼnoga ega bo‘lmaydi.

Qiziq, bu masala Turk Kengashining kun tartibida bormi? Turkologlarning alifboga bag‘ishlangan kongressi kelajak uchun juda muhim qadam bo‘ladi.