Markaziy Osiyo bilan AQShning hamkorlik strategiyasi

“AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga nima beradi? Amerikadagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng Bayden hukumati butun mintaqamizga eʼtiborini qaratmoqda” deb yozmoqda @asiantop.

Mintaqaning “beshligi” bilan munosabatlarni rivojlantirish sxemasi Tramp tomonidan ikki yil oldin tuzilgan edi. Doimgidek, mintaqaga “qonun ustuvorligini mustahkamlash”, “inson huquqlarini hurmat qilish”, “barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash” bo‘yicha islohotlarni olib borish  yo‘li bilan kirib kelish rejalashtirilgan edi.

Mazkur sxemani Qo‘shma Shtatlari “inson huquqlarini himoya qilish va sarmoyaviy muhitni yaxshilash va yuqori malakali ishchi kuchini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan huquqiy sohadagi islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda Markaziy Osiyoga texnik tajriba taqdim etadi” deb bayonot bergan AQSh Davlat departamenti saytida.

Agar demagogiyasiz aytadigan bo‘lsak, bu “yurish” unda asosiy narsa “AQSh biznesiga shaffof, ochiq, foydali, jozibali sharoitlarni taʼminlash”dir.

Ushbu vaziyatni yuzaga chiqarish uchun Tramp C5+1 siyosiy platformasini yaratdi (5 Markaziy Osiyo davlatlari + AQSh). Sabab?

Ular buni shunday izohlamoqdalar: “har bir mamlakat mintaqani xalqaro investitsiyalar uchun yo‘l ochadigan va demokratik institutlarni mustahkamlaydigan islohotlarni amalga oshiradi … Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyoga muvaffaqiyatli qo‘shilishi milliy xavfsizlik va chet eldagi fuqarolar manfaatlariga yordam beradi hamda Vatanimiz himoyasiga o‘z hissasini qo‘shadi.”

Bayden mintaqa Rossiyadan Xitoyga o‘tmasligi uchun tashqi siyosatini to‘g‘rilaydi

Masalan, Qirg‘iziston. Uning tashqi qarzi 2020 yilda 4 milliard 850 million AQSh dollarini tashkil etdi.Tashqi qarzning 42 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi; Xitoydan qarzdorlar orasida Qirg‘iziston 5-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu ro‘yxatdagi 20-o‘rinda Tojikiston. Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosining xitoylik tahlilchilari maʼlumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari o‘zlari o‘ylaganidan ham ko‘proq qarzdor.

Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyoda 5 yil davomida “loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda va unga qo‘shni hududlarda savdo-sotiqni kengaytirish uchun 1 milliard AQSh dollari sarmoya kiritishni vaʼda bermoqda.”

Xitoy va Rossiyani mintaqadan siqib chiqarish uchun milliard yetarmikan?

Qo‘shma Shtatlar mintaqada nafaqat C5 + 1 platformasi orqali ishtirok etadi. Masalan, Qozog‘iston Pentagon bilan hamkorlik qiladi. Olmaota yaqinida chegarachilarni o‘qitish uchun o‘quv markazi va Ust-Kamenogorskdagi yadro inshootlarini himoya qilish bo‘yicha mutaxassislarni jismoniy tayyorlash uchun inqirozga qarshi o‘quv markazi quradi. (aslini olganda bu o‘quv mashg‘ulotlari orqasidan ancha munozarali xolatlar paydo bo‘lgan edi mana bu havolada tanishishingiz mumkin).

Bundan tashqari, respublika Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat punktlari uchun Amerika uskunalarini sotib oldi. Amerika bio-laboratoriyalarini ochishga ruxsat berildi. 2020 yil dekabr oyida Qozog‘iston 2 ta Amerika King Air B300ER Scorpion razvedka samolyotini to‘liq razvedka uskunalari bilan sotib olmoqchi ekanligi maʼlum bo‘ldi.