Qirg‘iziston AstraZeneca vaksinasini sotib olishni kechiktirdi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash aprel oyida boshlanishi kerak. Buning uchun Rossiya va Xitoydan keltirilgan dorilar ishlatiladi. Taʼminot masalasi esa yaqin kelajakda hal qilinadi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda tromboz holatlari sababli foydalanishni to‘xtatgan edi.

The New York Times: “Amerika Qo‘shma Shtatlari millionlab dozada AstraZeneca vaksinasini olgan edi, ammo uni hozircha ishlatmadi, kompaniya AstraZeneca vaksinasiga buyurtma bergan o‘nlab mamlakatlarga yuborishiga rozilik ham bildirmadi”, deb yozmoqda.

Qisqacha maʼlumot: Daniyada qonda tromblar hosil qilishi mumkinligi hisobga olinib, koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgan edi.

Xususan, kompaniyaning Ogayo shtatidagi zavodi taxminan 30 million dozali vaksinani tarqatishga tayyor; Baltimordagi (Merilend shtati) inshootlarda uning zaxiralari ham saqlanmoqda, bu zaxiralar o‘n millionlab dozalarga yetashi rejalashtirilgan edi.

Bizda nima gap?

O‘zbekistonga 660 ming doza keltirilishi kutilayotgan AstraZeneca vaksinasi Yevropa Komissiyasi tomonidan qabul qilinmadi.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liq muammolar sabab Yevropa Komissiyasi Johnson & Johnson vaksinasining Yevropa Ittifoqida qo‘llanilishini maʼqulladi.

Avvalroq O‘zbekistonga 15-20 mart kunlarida COVAX dasturi bo‘yicha 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilishi xabar berilgan edi.

Maʼlumot uchun, AstraZeneca Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti va AstraZeneca plc kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

P.S. mamlaktimizga vaksina olib kelindimi yoki qo‘shnilarimiz kabi buyurtmani bekor qilindimi?