Rossiya “Buyuk Turon” g‘oyasiga qarshimi?

Rossiya mudofaa vaziri Turon armiyasi g‘oyasi haqida fikr bildirdi. Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi siyosatshunoslar va siyosatchilar allaqachon “Buyuk Turon”ni qayta tiklash masalasini ko‘tarishgan. Biroq, Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Turon g‘oyasi talabga javob bermaydi.

“Men bu odamlarga murojaat qilmoqchi edim, bilmayman, ularni siyosatchi yoki kim deb atashni ham bilmayman. Siz bu g‘oyani amalga oshirishni orzu qilyapsiz, bu borada harakatlar ham boshlangan. Nima uchun va kimga qarshi? Aynan Rossiya hududida turkiyzabon xalqlar yashaydi, bizda ular juda ko‘p. Mamlakatimiz ko‘p konfessiyali va ko‘p millatli. Biz asrlar davomida birga yashab kelmoqdamiz.”

Shu bilan birga, u Qozog‘iston yerlarini Rossiyaga qo‘shish olish qo‘rquvi ham bo‘magan gap ekanligini taʼkidladi. Avvalroq siyosatchilar tomonidan bir necha bor Qozog‘iston yerlari Rossiya Federatsiyasi hududi ekanligi daʼvo qilingandi. To‘g‘ri, bu masala siyosiy mojaroga aylanmasdan tezda to‘xtatildi …

“Siz juda ko‘p tortishishingiz mumkin, ammo biz azaldan birodarlik munosabatlariga egamiz. O‘zaro biron narsani baham ko‘rishga hech qanday sababimiz yo‘q. Biz 1998 yilda chegaralarni to‘liq demarkatsiya qilib olganmiz.”

Shoygu gapiraveradi, karvon o‘taveradi.