Facebook mintaqaviy jurnalistlar uchun bepul platforma yaratdi

Facebook 16 mart kuni mustaqil mualliflar uchun o‘z platformasini ishga tushirishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Bu haqda xabarlar yanvar oyining oxirida tarqalgan edi.  Yangiliklar bo‘yicha vitse-prezidenti Kempbell Braunning so‘zlariga ko‘ra, platforma birinchi navbatda mustaqil mintaqaviy jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Platforma AQSh foydalanuvchilari uchun “yaqin oylarda” ishga tushiriladi. Unda mualliflar oddiy saytlar va pochta ro‘yxatlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu platformada yaratilgan barcha loyihalar Facebook guruhlari bilan aloqaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga mualliflar va ularning loyihalarini topishda yordam beradigan maxsus vositani tayyorlamoqda.

Umuman olganda karantin davridan so‘ng markaziy axborot tarqatuvchi vositalar yaʼni gazeta va jurnallar yopilib borayotgan vaqtda AQSh va Yevropadagi baʼzi davlatlar tomonidan hududiy nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni onlayn platformalarga olib o‘tish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.