Yangi alifbo bo‘yicha takliflar…

Ц harfini qabul qilish va uni siyosishlashtirmaslik kerak

Taklif qilinayotgan yangi alifbo shaxsan menga yoqqani haqida yozdim. Endi bunga qo‘shimcha baʼzi fikr va takliflarimni berib o‘tishni ham lozim topdim. Avval boshidan aytib o‘tishim lozimki, bu fikrlarimning barchasi IMHO.

Avvalo, “ng” harf birikmasini alifbodan chiqarib tashlash kerak. Biz bu bilan burun tovushi “ng”dan voz kechmaymiz, balki shakldan voz kechamiz. Buning zamirida esa qo‘shharflardan umuman voz kechish prinsipi yotibdi.

«Bunda “ng” o‘zbekcha so‘zlarning yo asosida, yo qo‘shimchasida uchrasa, bitta tovush sanaladi. Masalan, singil so‘zi va ismingiz so‘zidagi -ingiz egalik qo‘shimchasi. O‘rni kelganda esa ikkita — n+g harflari sifatida qabul qilinadi. Masalan, unga (fonetik hodisa sabab tovush ortgan), yongach, ko‘ngin kabi so‘zlarda» degan qoida kifoya. Qolaversa, o‘zlashma so‘zlarda ham n+g ikki tovush sifatida qaraladi. Masalan, reyting, kenguru, angina, mango, langar kabilar.

Bundan tashqari, ingliz tilida ham bir harfning o‘rniga qarab, bir necha tovush ifodalanadi. “ng”ni alifbodan chiqarish — shaklni chiqarish, xolos.

“Ц”ni saqlab qolish va unga lotin grafikasida “S” harfini berish kerak va bu jarayonni siyosiylashtirmaslik kerak.

Baʼzilar “ц”ni saqlab qolish jarayonini o‘risparastlik, Rossiya taʼsiri, degan siyosiy motivlarga bog‘lashi mumkin. Ammo bizning aynan milliy talaffuz va prinsiplarimiz yo‘q. Baribir “ц” harfini alifboga kiritmaganimiz bilan uning vazifasini “s”ga yoki “ts”ga yuklab qo‘yganmiz. Bu bilan alifbomiz milliylashib qolganmi? Yo‘q, albatta!

Hozirgi alifboda “s”ga alohida harf berilmagan. Biz “s”ni o‘rniga qarab “ts” yoki “s” bilan ifodalaymiz. Ammo doim ham bu ikkisidan foydalanib bo‘lmaydigan holatlar mavjud… To‘g‘ri, “ц” turkiy tillar uchun yot tovush. Ammo til taraqqiyoti natijasida bu tovush ishtirokidagi so‘zlar, terminlar tilimizga juda ko‘p kirib kelgan.

Shunday ekan, “ц”ni hozirgi alifboga “s” shaklida qabul qilishni siyosiylashtirmasdan, o‘risparastlikka yoymasdan, obdon o‘ylab ko‘rish kerak va uni qabul qilish kerak. Bu bilan biz ortga qaytgan emas, isloh qilgan bo‘lamiz.

Biz alifboni isloh qilmoqchimiz. Isloh qilish degani 4 ta harfni shaklan o‘zgartirib qo‘yish, degani emas. Bunda aniq prinsiplarimiz va qoidalarimizni shakllantirish kerak, nazarimda.